Oʻzbekiston Respublikasi pasportlariga qoʻyiladigan talablar
Hurmatli yoʻlovchilar!
Eslatib oʻtamiz, 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son farmonning 3-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi biometrik pasporti («yashil pasport») Oʻzbekistondan chiqib ketish uchun faqat 2021-yil 1-yanvargacha amal qiladi. Yuqoridagi sanadan boshlab mamlakatdan chiqish faqat yangi turdagi xorijga chiqish biometrik pasporti («qizil pasport») bilan amalga oshiriladi.
Biroq, siz «yashil pasport» bilan uning amal qilish muddati tugagunga qadar Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishingiz hamda Oʻzbekiston hududiga kirishingiz mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida parvoz qilish uchun hujjatlar:
- Biometrik pasport
- ID-karta
- Haydovchilik guvohnomasi
- Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (bolalar va chaqaloqlar uchun)

RU
EN