"Bortda tabriklash" xizmati bilan yaqinlaringiz uchun kutilmagan yoqimli syurprizni osmonning o'zida uyushtiring.
"Bortda tabriklash" qo'shimcha xizmati Silkavia aviakompaniyasining ichki va xalqaro reyslarida taqdim etiladi. Tabrik parvoz vaqtida ekipaj tomonidan o'qib eshittiriladi.
Buyurtma parvozdan kamida 30 kun oldin va 4 soatdan kechikmagan holda amalga oshirilishi kerak
Xizmat narxi qat'iy - 150 000 so'm.
Tabrik turlari
Tug'ilgan kun / Yubiley bilan tabriklash
Xonimlar va janoblar!
Bizning reysimizda bugun o‘z tug‘ilgan kunini yoki yubileyini nishonlayotgan yo‘lovchi bor!
«Silkavia» aviakompaniyasi (Buyurtmachi F.I.Sh.) nomidan yo‘lovchimiz (Yo‘lovchi F.I.Sh.)ni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdan mamnun. Sizga mustahkam sog‘liq, baxt, muvaffaqiyatlar va farovonlik tilaymiz.
To'y / To'y yubileyi bilan tabriklash
Xonimlar va janoblar!
Bizning reysimizda bugun o‘zining unutilmas sanasini (to‘y kuni yoki birga yashash yilligini) nishonlayotgan juftlik bor!
«Silkavia» aviakompaniyasi (Buyurtmachi F.I.Sh.) nomidan go‘zal yo‘lovchilarimiz (Juftlik ismlari)ni ushbu quvonchli voqea bilan tabriklaymiz. Biz barcha ezgu tilaklarga qo‘shilgan holda, sizga cheksiz baxt, o‘zaro tushunish, muhabbat hamda birgalikda yanada ko‘proq hayajonli sayohatlar tilaymiz!
Xizmatni rasmiylashtirish
Xizmatni qaytarish shartlari
"Bortda tabriklash" xizmati quyidagi hollarda yo'lovchiga ko'rsatilmagan bo'lsa, to'liq hajmda qaytariladi:
- Yo'lovchi parvoz vaqtidan kamida 48 soat oldin xizmatdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda.
- Yo'lovchi tashuvdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda.
- Yo'lovchi tashuvdan majburiy ravishda voz kechgan taqdirda.
- Reys bekor qilinganda va xizmatni ko'rsatish imkoniyati bo'lmaganda.
- Tashuvchi tomonidan yo'lovchi havo tashuv shartnomasi bir tomonlama bekor qilinganda.
RU
EN