
Uchta havo kemasini sugʻurtalash xizmatlariga soʻrov eʼlon qilinadi
Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar rahbarlari diqqatiga!
“UZBEKISTAN Helicopters” MChJ ikkita (2) havo kemasini va javobgarlikni sugʻurtalash xizmatlariga soʻrov eʼlon qiladi.
1. Buyurtmachining nomi va manzili:
“Uzbekistan Helicopters” MChJ
Pochta manzili: 100167 Toshkent shahri
Qumariq koʻchasi, Aeroport
Tel/faks: 71-215-56-64
Elektron pochta: od.helicopters@uzairways.com
Arizachining aloqa raqamlari: Bekmirzayev Murad +998 71 215 56 89
Umumiy maʼlumot
Uchta ATR72-600 havo kemasini 2025-yil 15-maydan 2026-yil 14-maygacha (shu kun ham kiradi) boʻlgan davrga sugʻurtalash. Sugʻurta qildiruvchi — “Uzbekistan Helicopters” MChJ, sugʻurta obyektlari — 1-jadvalda koʻrsatilgan havo kemalari.
Texnik taklif Buyurtmachi tomonidan koʻrsatilgan obyektlarning uzluksiz sugʻurta qoplamasini taʼminlaydigan barcha asosiy sugʻurta shartlarining tavsifini oʻz ichiga olishi kerak.
2. Sugʻurta xizmatlarini yetkazib beruvchiga qoʻyiladigan talablar.
Xizmatlarni yetkazib beruvchi quyidagi minimal malaka mezonlariga javob berishi kerak:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan sugʻurta faoliyati klassifikatoriga muvofiq sugʻurtaning 5- va 11-klasslari boʻyicha litsenziyaga ega boʻlish;
b) Taklif taqdim etilgan paytda amalda boʻlgan, xalqaro miqyosda tan olingan agentliklar (S&P, Moodyʼs, Fitch va boshqalar) reytingi boʻyicha kamida B-/B3 (outlook positive) darajasidagi xalqaro reytingga ega boʻlish;
v) 5 va 11-klasslar doirasida bevosita aviatsiya sugʻurtasi sohasida (kiruvchi qayta sugʻurta xatarlarini hisobga olmaganda) xizmat koʻrsatish tajribasiga ega boʻlish.
g) “Uzbekistan Helicopters” MChJ parki boshqa biror aviakompaniya bilan bitta qayta sugʻurta qoplamasiga joylashtirilmasligini kafolatlash.
Kafolatlangan qayta sugʻurta Ishtirokchi tomonidan qayta sugʻurtalovchilarning kotirovkalarini qayta sugʻurta shartlari va Qayta sugʻurtalovchining javobgarlik ulushini oʻz ichiga olgan Dastlabki qayta sugʻurta sliplari shaklida taqdim etish orqali tasdiqlanadi. Sliplar qayta sugʻurtaga berilgan majburiyatlarning kamida 50% ini tasdiqlashi hamda Qayta sugʻurtalovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
TURI: |
Aviatsiya xatarlarini sugʻurtalash, shu jumladan:
|
SUGʻURTA QILDIRUVCHI: |
“Uzbekistan Helicopters” MChJ, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qumariq koʻchasi, Aeroport |
SUGʻURTA DAVRI: |
2025-yil 15-maydan 2026-yil 14-maygacha (ikkala sana ham kiradi), Sugʻurta qildiruvchi joylashgan joydagi standart vaqt boʻyicha |
QOPLAMA HUDUDI: |
Oʻzbekiston Respublikasi hududi. |
SUGʻURTA HODISASI: |
Sugʻurtalangan Havo kemalarining bortga oʻrnatilgan jihozlari bilan birga, ularning ehtiyot qismlarining halok boʻlishi yoki shikastlanishi, shu jumladan sugʻurtalangan Havo kemalaridan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa javobgarlik. |
SUGʻURTA OBYEKTI: |
Sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalangan havo kemalaridan foydalanish bilan bogʻliq mulkiy manfaatlari, shu jumladan sugʻurtalangan Havo kemalaridan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa javobgarlik. |
SUGʻURTA SUMMASI/LIMITI (100%): |
Havo kemasi korpusini sugʻurtalash boʻyicha — 2-jadvalda koʻrsatilgan kelishilgan qiymat miqdorida. Ehtiyot qismlarga nisbatan KASKO/KASKO harbiy xatarlar qoplamasi boʻyicha umumiy yillik limit Lloyds bozorida umumqabul qilingan hajmda boʻlishi kerak. Aviatsiya javobgarligini sugʻurtalash boʻyicha - 300 000 000 AQSh dollari. |
FRANSHIZA (100%): |
Havo kemasi korpusi - har bir sugʻurta hodisasi boʻyicha, biroq LSW555D polisiga muvofiq harbiy xatarlarda franshiza qoʻllanilmaydi. Fuqarolik javobgarligi: Agar eng yaxshi taklifni tanlash boʻyicha taklif ishlab chiqilayotgan paytda kamroq franshiza miqdori umumqabul qilingan boʻlsa, franshiza miqdori kamroq boʻlgan takliflar ham koʻrib chiqilishi mumkin. Har qanday holatda ham franshiza summasi “Uzbekistan Helicopters” MChJ bilan qiyoslanadigan mavqedagi boshqa xalqaro aviakompaniyalar erisha oladigan miqdorlardan oshmasligi kerak. |
MAXSUS TALABLAR: |
Umuman olganda, takliflar moliyaviy shartnomalar va ijara shartnomalari predmeti boʻlgan havo kemalarining sugʻurta qoplamasiga nisbatan moliyalashtiruvchi taraflarning standart talablarini hisobga olishi va ularga asoslanishi kerak. Samolyotlardan foydalanish bilan bogʻliq barcha xatarlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hajmda aviatsiyada sugʻurta va qayta sugʻurta boʻyicha xalqaro miqyosda tan olingan brokerlar orqali qayta sugʻurtalanishi hamda xalqaro miqyosda tan olingan va moliyaviy jihatdan ishonchli sugʻurta va qayta sugʻurta kompaniyalariga joylashtirilishi kerak. Takliflar aviakompaniyaning samolyotlarga nisbatan javobgarligini sugʻurtalashning har tomonlama qamrovini, shu jumladan Lloydsning Urush, Olib qochish va Boshqa xatarlarni istisno qilish toʻgʻrisidagi AVN48B moddasida tavsiflangan xatarlarni, boshqa boʻlimlar bilan birga (“b” bundan mustasno), nazarda tutishi kerak. Harbiy xatarlar boʻyicha javobgarlik sugʻurta qoplamasi uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik boʻyicha 2-jadvalda koʻrsatilganidan kam summalardagi quyi limitlarni oʻz ichiga olmasligi kerak. Polislarga, shuningdek, bozor amaliyotiga muvofiq 50:50 sharti kiritilishi kerak (hozirgi vaqtda bozorda qabul qilingan namunaviy matn - AVS 103). |
3. “Uzbekistan Helicopters” MChJ samolyotlarini sugʻurtalash tariflarini hisoblash uchun maʼlumot
“Uzbekistan Helicopters” MChJ parki haqida qisqacha maʼlumot:
Jadval № 1
|
№ t/r |
Havo kemasi turi |
Roʻyxatga olish raqami |
Ishlab chiqarilgan yili | Yoʻlovchi oʻrinlari soni | Seriya raqami |
Oʻrnatilgan dvigatellar turi |
| 1 | ATR 72-600 | UK 72601 | 2018 | 70 | 1526 | PW127M |
| 2 | ATR 72-600 | UK 72602 | 2019 | 70 | 1546 | PW127M |
| 3 | ATR 72-600 | UK 72603 | 2019 | 70 | 1549 | PW127M |
“Uzbekistan Helicopters” MChJ havo kemalarini sugʻurtalashda Jadval № 2 ga muvofiq samolyotlar, ehtiyot qismlar va jihozlarni barcha xatarlardan, shu jumladan harbiy va urushga hamroh xatarlardan (mumkin boʻlgan toʻliq hajmda) sugʻurta himoyasi bilan taʼminlash zarur:
Jadval № 2
|
№ t/r |
Havo kemasi turi |
Roʻyxatga olish raqami |
Sugʻurta yili uchun prognoz |
Kelishilgan qiymat (AQSh dollari) |
|
|
Sikllar soni |
Yoʻlovchilar soni |
||||
| 1 | ATR 72-600 | UK 72601 | 1 500 | 90 000 | 13 085 588,36 |
| 2 | ATR 72-600 | UK 72602 | 1 500 | 90 000 | 13 128 074,29 |
| 3 | ATR 72-600 | UK 72603 | 1 500 | 90 000 | 13 079 058,16 |
Shartnomalar tuzishda va sugʻurta davri mobaynida “Uzbekistan Helicopters” MChJ samolyotlarning kelishilgan qiymatini oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Sugʻurta davri mobaynida “Uzbekistan Helicopters” MChJ zarur hollarda uchinchi shaxslar/yoʻlovchilar oldidagi javobgarlik limitini oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Samolyotlar parvozlari geografiyasi: Oʻzbekiston Respublikasi hududida parvozlar.
RU
EN