Uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlikni sugʻurtalash xizmatlariga soʻrov eʼlon qilinadi

Uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlikni sugʻurtalash xizmatlariga soʻrov eʼlon qilinadi

4 mart 2025

Ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar rahbarlari diqqatiga!

“UZBEKISTAN Helicopters” MChJ uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlikni sugʻurtalash xizmatlariga soʻrov eʼlon qiladi.
1. Buyurtmachining nomi va manzili:
“Uzbekistan Helicopters” MChJ
Pochta manzili: 100167 Toshkent shahri
Qumariq koʻchasi, Aeroport
Tel/faks: 71-215-56-64
Elektron pochta: od.helicopters@uzairways.com
Arizachining aloqa raqamlari: Bekmirzayev Murad +998 71 215 56 89

Umumiy maʼlumot

Uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlikni 2025-yil 15-maydan 2026-yil 14-maygacha (shu kun ham kiradi) boʻlgan davrga sugʻurtalash. Sugʻurta qildiruvchi — “Uzbekistan Helicopters” MChJ, sugʻurta obyektlari — 1-jadvalda koʻrsatilgan havo kemalari.

Texnik taklif Buyurtmachi tomonidan koʻrsatilgan obyektlarning uzluksiz sugʻurta qoplamasini taʼminlaydigan barcha asosiy sugʻurta shartlarining tavsifini oʻz ichiga olishi kerak.



1-boʻlim. Sugʻurta xizmatlarini yetkazib beruvchiga qoʻyiladigan talablar.

Xizmatlarni yetkazib beruvchi quyidagi minimal malaka mezonlariga javob berishi kerak:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan sugʻurta faoliyati klassifikatoriga muvofiq sugʻurtaning 5- va 11-klasslari boʻyicha litsenziyaga ega boʻlish;

b) Taklif taqdim etilgan paytda amalda boʻlgan, xalqaro miqyosda tan olingan agentliklar (S&P, Moodyʼs, Fitch va boshqalar) reytingi boʻyicha kamida B-/B3 (outlook positive) darajasidagi xalqaro reytingga ega boʻlish;

v) 5 va 11-klasslar doirasida bevosita aviatsiya sugʻurtasi sohasida (kiruvchi qayta sugʻurta xatarlarini hisobga olmaganda) xizmat koʻrsatish tajribasiga ega boʻlish.

g) London, Parij yoki Nyu-Yorkdagi bir yoki bir nechta sugʻurta brokerlarini jalb qilgan holda qayta sugʻurtalashni kafolatlash

d) “Uzbekistan Helicopters” MChJ javobgarligi boshqa biror aviakompaniya bilan bitta qayta sugʻurta qoplamasiga joylashtirilmasligini kafolatlash.

Kafolatlangan qayta sugʻurta Ishtirokchi tomonidan tender oʻtkazilayotgan paytda qayta sugʻurtalovchilarning kotirovkalarini qayta sugʻurta shartlari va Qayta sugʻurtalovchining javobgarlik ulushini oʻz ichiga olgan Dastlabki qayta sugʻurta sliplari shaklida taqdim etish orqali tasdiqlanadi. Sliplar qayta sugʻurtaga berilgan majburiyatlarning kamida 50% ini tasdiqlashi hamda Qayta sugʻurtalovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.


2-boʻlim. Sugʻurtaga qoʻyiladigan talablar

TURI:

Aviatsiya xatarlarini sugʻurtalash, shu jumladan:
  • Aviatsiya sugʻurtasi doirasida uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlikni sugʻurtalash;
SUGʻURTA QILDIRUVCHI:

“Uzbekistan Helicopters” MChJ, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qumariq koʻchasi, Aeroport

SUGʻURTALANGAN TARAFLAR:

Maxsus talablarga qarang

SUGʻURTA DAVRI:

2025-yil 15-maydan 2026-yil 14-maygacha (ikkala sana ham kiradi), Sugʻurta qildiruvchi joylashgan joydagi standart vaqt boʻyicha

QOPLAMA HUDUDI:

Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va Turkmaniston hududi.

SUGʻURTA HODISASI:

Uchinchi shaxslar va yoʻlovchilar oldida ularning bagaji, qoʻl yuki, yuki, pochtasi boʻyicha fuqarolik javobgarligi hamda sugʻurtalangan havo kemalaridan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa javobgarlik.

SUGʻURTA OBYEKTI:

Sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalangan havo kemalaridan foydalanish bilan, shuningdek, Sugʻurta qildiruvchining uchinchi shaxslar va yoʻlovchilar oldida ularning bagaji va qoʻl yuki, yuki, pochtasi boʻyicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi xatari bilan bogʻliq mulkiy manfaatlari, shu jumladan Havo kemalaridan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa javobgarlik.

SUGʻURTA SUMMASI/LIMITI (100%):

Ehtiyot qismlarga nisbatan KASKO/KASKO harbiy xatarlar qoplamasi boʻyicha umumiy yillik limit Lloyds bozorida umumqabul qilingan hajmda boʻlishi kerak.

Aviatsiya javobgarligini sugʻurtalash boʻyicha — 300 000 000 AQSh dollari, 2-jadvalda koʻrsatilgan kelishilgan qiymat miqdorida.

FRANSHIZA (100%):

Ehtiyot qismlar va Jihozlar - har bir sugʻurta hodisasi boʻyicha koʻpi bilan 10 000 AQSh dollari.

Fuqarolik javobgarligi:
  • Bagaj/shaxsiy buyumlar - har bir daʼvo boʻyicha koʻpi bilan 1 250 AQSh dollari;
  • Yuk - har bir Aviayuk xati yoki Konsolidatsiyalangan aviayuk xati boʻyicha koʻpi bilan 10 000 AQSh dollari

Agar eng yaxshi taklifni tanlash boʻyicha taklif ishlab chiqilayotgan paytda Lloyds bozorida kamroq franshiza miqdori umumqabul qilingan boʻlsa, franshiza miqdori kamroq boʻlgan takliflar ham koʻrib chiqilishi mumkin.

Har qanday holatda ham franshiza summasi “Uzbekistan Helicopters” MChJ bilan qiyoslanadigan mavqedagi boshqa xalqaro aviakompaniyalar erisha oladigan miqdorlardan oshmasligi kerak.

SHARTLAR:

Quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:
  • London bozorining havo kemalarini sugʻurtalash polisi shartlari (AVN 1C), lekin ular bilan cheklanmagan holda;
  • Havo kemalarini harbiy xatarlar,       olib qochish xatari va boshqa xavflardan sugʻurtalashning qoʻshimcha shartlari (LSW 555D);
  • Qoplamani kengaytirish toʻgʻrisidagi indossament (aviatsiya javobgarligi) (AVN 52E);

MAXSUS TALABLAR:

Havo kemalaridan foydalanish bilan bogʻliq barcha xatarlar aviatsiya sugʻurtasi boʻyicha xalqaro miqyosda tan olingan brokerlar orqali qayta sugʻurtalanishi hamda 4-boʻlimda koʻrsatilgan talablarga muvofiq xalqaro miqyosda tan olingan va moliyaviy jihatdan ishonchli sugʻurta kompaniyalariga joylashtirilishi kerak.

Harbiy xatarlar boʻyicha sugʻurta qoplamasi uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik boʻyicha 2-jadvalda koʻrsatilganidan kam summalardagi quyi limitlarni oʻz ichiga olmasligi kerak.
Polislarga bozor amaliyotiga muvofiq 50:50 sharti kiritilishi kerak (hozirgi vaqtda bozorda qabul qilingan namunaviy matn - AVS 103).

Shartnomalar tuzilayotganda gʻolib talabgor, shuningdek, uning qayta sugʻurtalovchisi va brokeri lizing shartnomalari predmeti boʻlgan samolyotlar boʻyicha sugʻurta va qayta sugʻurta huquqlari moliyalashtiruvchi taraflarga oʻtkazilishini tasdiqlovchi kelishuvlarni imzolashlari kerak

QOʻSHIMCHA XIZMATLAR

Xatarlar boʻyicha maslahatlar, xavfsizlik auditi, sugʻurta mukofotini optimallashtirish boʻyicha tavsiyalar va xatarlarning oldini olish boʻyicha takliflar olish imkoniyati.



3-boʻlim. Taklif etilayotgan qayta sugʻurtalovchilar paneliga qoʻyiladigan talablar

  1. Yetakchi qayta sugʻurtalovchining nomi va taklif etilayotgan qayta sugʻurtalovchilar paneli.
  2. Yetakchi qayta sugʻurtalovchi bosh ofisining manzili va taklif etilayotgan qayta sugʻurtalovchilar paneli.
  3. Xalqaro reyting agentliklarining amaldagi reytingi (rejalashtirilayotgan paneldagi qayta sugʻurtalovchilarning reytingi va reytingni bergan agentlikni koʻrsatish)

Qayta sugʻurtalovchilarning reytingi xalqaro miqyosda tan olingan agentliklar (S&P, Moodyʼs, Fitch va boshqalar) reytingi boʻyicha A-/A3 darajasiga mos kelishi kerak;


4-boʻlim. “Uzbekistan Helicopters” MChJ samolyotlarini sugʻurtalash tariflarini hisoblash uchun maʼlumot

Samolyotlarni sugʻurtalash davri -15.05.2025 y. - 14.05.2026 y.
“Uzbekistan Helicopters” MChJ parki haqida qisqacha maʼlumot:


Jadval № 1
№
t/r
Havo kemasi turi Roʻyxatga olish
raqami
Ishlab chiqarilgan yili Yoʻlovchi oʻrinlari soni Seriya raqami Oʻrnatilgan
dvigatellar turi
1 ATR 72-600 UK72605 2023 72 1683 PW127XT-M
2 ATR 72-600 UK72604 2023 72 1687 PW127XT-M
3 ATR 72-600 UK 72601 2018 70 1526 PW127
4 ATR 72-600 UK 72602 2019 70 1546 PW127
5 ATR 72-600 UK 72603 2019 70 1549 PW127


“Uzbekistan Helicopters” MChJ havo kemalarini sugʻurtalashda Jadval № 2 ga muvofiq samolyotlar, ehtiyot qismlar va jihozlarni barcha xatarlardan, shu jumladan harbiy va urushga hamroh xatarlardan (mumkin boʻlgan toʻliq hajmda) sugʻurta himoyasi bilan taʼminlash, yoʻlovchilar va uchinchi shaxslarga yetkazilgan tan jarohatlari va mulkiy zarar uchun javobgarlikni sugʻurtalash zarur:


Jadval № 2
№
t/r
Havo kemasi turi Roʻyxatga olish
raqami
Sugʻurta yili
uchun prognoz
Kelishilgan qiymat
(AQSh dollari)
Javobgarlik
limiti
(3-shaxslar/yoʻlovchilar,
AQSh dollari) *
Sikllar
soni
Yoʻlovchilar
soni
1 ATR 72-600 UK72604 1500 90 000 23 000 000,00 300 000 000
2 ATR 72-600   1500 90 000 23 000 000,00
3 ATR 72-600 UK 72601 1500 90 000 13 085 588,36
4 ATR 72-600 UK 72602 1500 90 000 13 128 074,29
5 ATR 72-600 UK 72603 1500 90 000 13 079 058,16


* Barcha havo kemalari uchun taqdim etilgan uchinchi shaxslar/yoʻlovchilar oldidagi javobgarlik limitlari, shuningdek, EC №785/2004 rezolyutsiyasi (qoʻshimcha va oʻzgartirishlari bilan) talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Shartnomalar tuzishda va sugʻurta davri mobaynida “Uzbekistan Helicopters” MChJ samolyotlarning kelishilgan qiymatini oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Sugʻurta davri mobaynida “Uzbekistan Helicopters” MChJ zarur hollarda uchinchi shaxslar/yoʻlovchilar oldidagi javobgarlik limitini oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Samolyotlar parvozlari geografiyasi: Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va Turkmaniston hududida parvozlar.
   

Ulashish: