0 %

Talabalar uchun maxsus chegirmalar!

13 December 2024

O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari (o‘quvchilar) uchun barcha mahalliy avaiqatnovlarga maxsus chegirmalar.

Yo‘lovchilar
kategoriyasi
Tariflar va
bronlash klassi
Chegirma Chegirma kodi
Kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari (o‘quvchilar) OMAD PLUS
OMAD
OSON PLUS
50% STUDY
O‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari (o‘quvchilar)

Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish qoidalari:
  • Chegirmalar 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 7-yanvargacha amalga oshiriladigan respublika mahalliy reyslarida amal qiladi. Sotuv muddati 2024-yil 12-dekabrdan 2025-yil 7-yanvargacha.
  • Bir nechta chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi.
  • Sotish to‘g‘risidagi hisobotga YIDXP orqali yoki o‘quv muassasasidan onlayn olingan ma’lumotnomalar ilova qilinishi kerak.
  • Agar sanalardan biri chegirmaning amal qilish muddatiga to‘g‘ri kelmasa, tashishni turli xil aviachiptalar bilan rasmiylashtirish kerak.
  • Qaytarilgan/qayta bron qilingan/qayta rasmiylashtirilgan taqdirda tarifga taqdim etilgan chegirma qaytarish/qayta rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachiptani qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qo‘llanilmagan holda foydalanilgan uchastkadagi tarif chegirib tashlanadi.
  • Foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachipta qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, agar uchib ketish sanalaridan biri chegirmalar taqdim etish davriga to‘g‘ri kelmasa, chegirmalar qo‘llanilmagan holda butun tashish yo‘nalishi bo‘yicha tarifning to‘liq darajasiga erishish zarur.
  • Yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi yo‘lovchilar uchun chegirmali aviachiptalar "Uzbekistan Airways Sales" filialida, uning agentlari tomonidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlari kassalarida rasmiylashtiriladi.


Ro'yxatga qaytish