
Silk Avia havo operatori sertifikatini olib texnik reyslarni boshladi
Silk Avia operator sertifikatini oldi va 20 aprel kuni ATR instruktorlari tomonidan aviakompaniya ekipajlarini tayyorlash uchun texnik parvozlarni boshladi.
Birinchi parvoz doirasida samolyot Toshkent aeroporti ustida ikki marta aylanib, qo‘nishga yo‘l oldi. O‘quv parvozida transport vaziri Ilhom Maxkamov, Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori Toxir Nazarov va “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ra’no Djurayevalar ishtirok etdi.
Taxminan ikki soat davom etgan birinchi reys Toshkent — Nukus yo‘nalishida muvaffaqiyatli amalga oshirildi. O‘rnatilgan an’anaga ko‘ra, Nukus aeroportida samolyot suv arkasi bilan kutib olindi. So’ng, havo kemasi Nukus — Navoiy / Navoiy — Toshkent yoʻnalishlari boʻyicha parvozini davom ettirdi. Bugun samolyot shturvalida ATR o'quv markazi instruktori Olivye Arno, uning vazifasi yana bir instruktor Liudas Ganusauskasni parvozlarga kiritishdir. Ertadan boshlab instruktorlar uchuvchilarni tayyorlab, ekipajlarni aniq yo‘nalishlar va mintaqaviy aeroportlar bilan tanishtirishni boshlaydi.
“O‘zbekiston aviatsiyasi birinchi marta ATR 72-600 rusumli samolyotlarimizdan foydalanishni boshlaganidan juda mamnunmiz. Ishlab chiqaruvchi sifatida biz uchun Silk Avia juda muhim hamkor – bizning samolyotimizni tanlagan birinchi O‘zbekiston aviakompaniyasidir. Mintaqaviy aviakompaniya ichki turizmni rivojlantirish va O‘zbekiston iqtisodiyotini rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynashini tushungan holda, biz ekipajlarni ishga tushirish va Silk Avia parvozlarini boshlash uchun maksimal darajada yordam berishga tayyormiz”, — deya izoh berdi ATR o’quv markazi instruktori Olivye Arno.
Har bir uchuvchi uchun olti soatlik nazariy va yoʻlovchilarsiz uchta amaliy parvoz (Ferry Flight) xalqaro amaliyot va havo kemalarini ishlab chiqaruvchi ATR tomonidan tavsiya etilgan qoʻshimcha xavfsizlik chorasi boʻlib, Uzbekistan Airports tomonidan bu to’liq qoʻllab-quvvatlandi.