
Silk Avia aviqatnovlarida bolalar bilan qanday sayohat qilish mumkin?
16 April 2024
Bolalar bilan parvoz qilish siz o‘ylagandek qiyin emas. Bizning maslahatlarimiz qo‘rquvlaringizdan xalos qiladi va bolalar bilan sayohat qilishning barcha jihatlarini bilib olishga yordam beradi.
2 yoshgacha:
- Aviachipta narxining 25% to‘lanadi;
- Salonda alohida o‘rindiq taqdim etilmaydi, u hamrohlik qiluvchi yo‘lovchi bilan parvoz qiladi;
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar faqat 18 yoshga to‘lgan yo‘lovchi hamrohligida parvoz qilishiga ruxsat etiladi.
2 yoshdan 12 yoshgacha:
- Aviachipta narxining 75 foizi to‘lanadi;
- Bola hamroh bilan sayohat qilishi kerak.
12 va undan katta yosh:
- Aviachipta narxining 100% to‘lanadi;
- Agar bola 16 yoshdan oshgan bo‘lsa, u hamrohsiz O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish huquqiga ega.
Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, shuningdek, aeroport kassalarida shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasiga ega bo‘lsangizgina rasmiylashtirishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun +998-55-501-22-12
Shaxsiy kabinetga kirish