0 %

Sariosiyoga birinchi rejalashtirilgan reys!

30 May 2025

Bugun o‘zgacha kun – Silk Avia Toshkent –Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam aviaqatnovini amalga oshirdi!

30-may kuni biz nafaqat yo‘lga chiqdik, balki poytaxtni mamlakat janubiga yanada yaqinlashtiradigan yangi havo yo‘nalishini ochdik. Birinchi aviaqatnov yo‘lovchilari Toshkentda tantanali ravishda kuzatildi va Sariosiyoda iliq kutib olindi. Bu shunchaki parvoz emas, balki hududlar o‘rtasidagi yangi ko‘prik, yangi imkoniyatlar va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda yanada qulaylik sari qo‘yilgan qadamdir.

Parvozlar jadvali:

  • Parvozlar chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Aviachipta narxi:
  • Toshkent – Sariosiyo – 391 000 so‘mdan boshlanadi

O‘zingizga qulay sayohat hadya eting: yo‘lda mashaqqatli soatlarsiz, atigi bir parvoz – va siz Sariosiyoga yetib borasiz. Silk Avia – sizni kutayotgan joyga uchamiz.

Foto


Ro'yxatga qaytish