0 %

Buxoro va Sariosiyoni bog‘lamoqdamiz: yanada ko‘proq qulay parvozlar!

26 June 2026

Buxoro va Sariosiyoni bog‘lamoqdamiz: yanada ko‘proq qulay parvozlar! 


10-iyuldan boshlab Silk Avia yangi muntazam yo‘nalish — Buxoro — Sariosiyo — Buxoro to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysini ochmoqda. Biz parvozlarni o‘zimizning shinam ATR-72 havo kemalarimizda har hafta, juma kunlari amalga oshiramiz:


✈️ Buxorodan uchish: 08:30 — Sariosiyoga qo‘nish: 09:30

✈️ Sariosiyodan uchish: 10:10 — Buxoroga qo‘nish: 11:20

???? Aviabiletlar narxi atigi 423 000 so‘mdan boshlanadi.


Aytgancha, yangi reys bilan bir qatorda, siz mamlakatimizning istalgan nuqtasiga tez va qulay yetib olishingiz uchun biz har kuni Toshkentdan Sariosiyoga ham parvozlarni amalga oshirmoqdamiz.


Sayohatlaringizni oldindan rejalashtiring! Biletlarni silk-avia.com saytida, mobil ilovada yoki aeroport kassalarida band qiling. Bortimizda ko‘rishguncha! ❤️


Ro'yxatga qaytish