
Homiladorlik paytida sayohat
Silk Avia aviakompaniyasi har doim o‘z yo‘lovchilarining qulayligi haqida qayg‘uradi, birinchi navbatda bir nuqtadan ikkinchisiga aviatashuvlar xavfsizligini ta’minlaydi. Homilador ayollar uchun qat’iy rioya qilinishi kerak bo‘lgan muayyan qoidalar belgilangan:
• Homiladorlik muddati 35 haftadan oshmagan homilador ayollarga, parvoz amalga oshirilishidan 7 kun oldin shifokor tomonidan imzolangan tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, aviatashuvga ruxsat etiladi.
• Egizak farzand tug‘ilishi kutilayotgan, parvoz qilish kuni homiladorlik muddati 32 haftadan oshmagan homilador ayollarga, parvoz amalga oshirilishidan 7 kun oldin shifokor tomonidan imzolangan tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa, aviatashuvga ruxsat etiladi.
• Homiladorlik muddati 35 haftadan oshgan homilador ayollarga faqatgina aeroport tibbiy xizmatining roziligi bilan va shifokor yoki tibbiyot mutaxassisi hamrohligida parvoz qilishga ruxsat beriladi.
Silk Avia homilador ayollarga havo transportida sayohatni rejalashtirishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni, tavsiyalar va parvoz uchun ruxsatnomalarni olishni qat’iy tavsiya qiladi.
O‘zingiz va tug‘ilajak farzandingizni ehtiyot qiling!