0 %

Barcha yo‘nalishlarimizda talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilamiz!

11 December 2023

2023-yil 10-dekabrdan boshlab davlat ta’lim muassasalari talabalari O‘zbekiston shaharlarini 50 foiz foyda bilan kashf etish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar!

Chegirma “Silk Avia” aviakompaniyasi tomonidan 2023-yilning 23-dekabridan 2024-yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan davrda respublika ichida amalga oshiriladigan yo‘nalishlarda o‘rta maxsus, professional va davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Y va B tariflarida taqdim etiladi.

2023-yil 23-dekabrgacha va 2024-yil 7-yanvardan keyin amalga oshiriluvchi reyslar uchun qayta rasmiylashtirilgan / qayta bron qilingan taqdirda, chegirma yordamida berilgan to‘liq foydalanilmagan aviachiptalar uchun chegirma qo‘llanilmaydi va to‘liq tarif darajasiga ko‘tarilishi kerak bo‘ladi.

50% chegirmali aviachiptani bugunoq O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida, shuningdek, Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.


Ro'yxatga qaytish