0 %

Aviachiptalar narxi butunlay arzonlashganini e'lon qilamiz!

6 December 2023

Aviachiptalar narxi butunlay arzonlashganini e'lon qilamiz!

6-dekabrdan boshlab barcha ichki yo‘nalishlar uchun yangi tariflar joriy etilganini ma’lum qilamiz. Aviachiptalar narxi o'rtacha 40% ga arzonlashdi:
• Toshkent – Samarqand – Toshkent: 202 000 so‘mdan
• Toshkent – Farg‘ona – Toshkent: 188 000 so‘mdan
• Toshkent – Namangan – Toshkent: 188 000 so‘mdan
• Toshkent – Buxoro – Toshkent: 215 000 so‘mdan
• Toshkent – Navoiy – Toshkent: 215 000 so‘mdan
• Toshkent – Qarshi – Toshkent: 188 000 so‘mdan
• Toshkent – Termiz – Toshkent: 295 000 so‘mdan
• Toshkent – Urganch – Toshkent: 295 000 so‘mdan

Shu tariqa, Silk Avia respublika bo‘ylab amalga oshiriladigan ichki yo‘nalishlar tarmog‘ini yanada faol rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, biz tez orada yangilangan parvozlar jadvalini joriy qilamiz, bu esa mamlakat ichida koʻproq aviaqatnovlarni amalga oshirish hamda ichki turizmni rivojlantirish va Oʻzbekistonning mehmondoʻstligi, turli xil mazali taomlarga pishiriladigan oshxonasi va boy tarixi bilan mashhur shaharlariga sayohatchilar eʼtiborini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratadi.

Aviachiptalarni www.silk-avia.com saytimiz, ilova orqali Oʻzbekiston Respublikasining barcha xalqaro aeroportlarida yoki Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 9-uy manzili boʻyicha Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qiling.


Ro'yxatga qaytish