0 %

Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan Silk Avia chiptalariga 30% gacha chegirmalar e’lon qilinadi.

14 June 2023

Qurbon Hayiti munosabati bilan 27-iyundan 2-iyulgacha Silk Avia barcha yo‘nalishlar uchun chegirmalar joriy etadi, shuningdek, arzon tarifdagi chiptalar sonini ko‘paytiradi. Xususan, bayram kunlari Samarqandga 12 yevroga, Navoiyga 18 yevroga, Nukusga esa atigi 36 yevroga uchish mumkin bo‘ladi.

Chiptalarni aviatashuvchining rasmiy www.silk-avia.com sayti yoki O‘zbekiston aeroportlarida joylashgan kassalarda xarid qilishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, aviakompaniya uchta tarifga ega. ODDIY tarifiga faqat og‘irligi 5 kg bo‘lgan qo‘l yuki (sumka maxsus o‘lchamga sig‘ishi kerak — 40 sm x 30 sm x 20 sm) bo‘ladi va bagaj, to‘lovni qaytarish va chiptalarni qayta bron qilish kirmaydi. OSON tarifi ham qaytarilmaydi, lekin qayta bron qilish va 10kg gacha bagaj olish imkoniyati mavjud. OMAD tarifida 20kg gacha yuk, qayta bron qilish va minimal jarimalar bilan chiptani qaytarish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, aviakompaniya tariflari va xizmatlari haqida batafsil ma’lumotni www.silk-avia.com veb-saytidan olishingiz yoki +99855 501-22-12 telefon raqami orqali Aloqa markazi operatorlari bilan bog‘lanishingiz mumkin.


Ro'yxatga qaytish