0 %

Endilikda Toshkentdan Shahrisabzga ATR 72-600 samolyotlarida!

28 April 2025

10-maydan boshlab Silk Avia yangi ufqlarni ochadi va Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni zamonaviy va qulay ATR 72-600 samolyotlarida amalga oshiradi!

Avval parvozlar Let L-410 samolyotlarida amalga oshirilgan edi, endilikda esa safar yanada qulayroq bo‘ladi — keng salonlar, silliq parvoz va har bir yo‘lovchi uchun ko‘proq qulaylik! Parvozlar har payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Aviabilet narxlari 280 000 so‘mdan boshlanadi.

Yaqin kunlarda biz reyslar sonini haftasiga to‘rt martagacha oshiramiz. Yangiliklarimizni kuzatib boring!

Toshkent – Shahrisabz yo‘nalishiga, shuningdek boshqa yo‘nalishlarga ham chiptalarni rasmiy veb-saytimizda va Silk Avia mobil ilovasida xarid qilishingiz mumkin. Go‘zal va qulay parvozlar biz bilan!


Ro'yxatga qaytish